|
Bugungi kunda “Olmaliq TMK” OAJ 4 ta kon xom ashyosi qazib chiqaruvchi korxona, sulfat kislota ishlab chiqaruvchi 2 ta metallurgiya zavodi, mexanika-ta'mirlash va ohak zavodi, avtotransport Boshqarmasi, temir yo’l transporti Boshqarmasi, hamda 22 ta yordamchi sexlar va bolinmalarni birlashtiruvchi yagona sanoat majmuasidir. Kombinat tizimida jami 25295ga yaqin turli malaka va toifali ishchi-xodimlar ish bilan ta’minlangan. Mis-molibden ishlab chiqarish Qolmaqir, Sariq-Cho’qqi kar’yerlari, Chodak va Angren kon Boshqarmalari, Kovuldi koni, MBF va MEZ faoliyati orqali yo’lga qo’yilgan. Qo’rg’oshin – rux birlamchi xom ashyosi ishlab chigarish esa Uch-Quloch koni, ta’kidlash joizki, ushbu konda ochish ishlari davomli ravishda olib boriladi, hamda oltingugurt kislota majmuasi ishlab chiqaruvchi rux zavodi faoliyati bilan bog’liq. Rux boyitmasi ( boyitilgan ruda ) chetdan yetkazib beriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot O’zbekiston Respublikasi va chet ellarda sotiladi, shu bilan birga mahsulotning taxminan 70 foizi eksport qilinadi.
|