http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

AKT sohasidagi tadbirlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 avgust 2016 yildagi “Iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni tatbiq etishni rivojlantirish ustuvor vazifalari to’g’risida”gi № PQ-2569 qarorining “Olmaliq KMK” AJ da bajarilishi yuzasidan ma’lumotnoma

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.08.2016 yildagi “Iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish ustuvor vazifalari to’g’risida”gi № PQ-2569 qarorida asosan iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish bo’yicha ustuvor loyihalar ro’yxati tasdiqlangan “Olmaliq KMK” AJning 6 loyihasi undan o’rin olgan.

Mazkur qarorda belgilab berilgan muhim vazifalar va iqtisodiyotning real sektorlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni tatbiq etish OKMKda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirishdasturlariga muvofiq holda ishlab chiqilgan. Shunday qilib uchta loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining Investitsion dasturlari to’g’risida”gifarmoniga asosan amalga oshirilmoqda.

1.Operativ-ishlab chiqarish –texnologik faoliyatni kompyuterlashtirish bo’yicha axborot tizimini joriy etish.

Amalga oshirish muddatlari: 2017 yilning IV choragi.

Tizim “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati va mutaxassislarini tahlillar va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ishlar hajmi va ishlab chiqarishning texnologik ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Operativ-ishlab chiqarish-texnologik faoliyatni kompyuterlashtirish bo’yicha axborot tizimini joriy etish ishlab chiqilgan va tajribaviy ekspluatatsiyaga qo’yilgan.

  1. Mis eritish zavodi yangi eritish pechida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish.

Amalga oshirish muddatlari: 2016 yilning IV choragi. (Loyihani amalga oshirish yakunlangan).

Loyiha “Mis eritish zavodida yangi eritish pechini qurish” investitsion loyihasiga to’ldiruvchi sifatida amalga oshirilgan.

Texnologik qurilmalarni boshqarish, nazorat qilish, texnologik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, ko’zdan chiqarib tekshirish bo’yicha tizim yaratilgan, shuningdek texnologik parametrlar buzilishlarida ishchi-xodimlarni ogoh qilish ham yo’lga qo’yilib bu esa tovar mahsuloti oshishi, avariyali turib qolishlar va ta’mirlarga sarf-harajatlarni qisqartirish, texnologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi insonning jarayonlarga chetdan aralashuvini minimallashtirish (kamaytirish) imkonini berdi.

Shixta komponentlarining yuklanishini zimdan nazorat qilish hisobiga chiqindi shlaklarida mis miqdori kamaytirilishiga olib keladigan iqtisodiy samara qo’lga kiritildi

  1. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida bunyod etilayotgan semet zavodi texnologik jarayonlariga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish..

Amalga oshirish muddatlari: 2018 yilning IV choragi.

Loyiha “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tsement zavodini qurish” investitsion loyihasiga to’ldiruvchi sifatida amalga oshirilmoqda.

Tizim gaz va elektr energiyasi solishtirma sarflarini optimallashtirish, qayta amalga oshiriladigan funktsiyalarni kamaytirish, mavjud ma’lumotlar bilan operativ ravishda almashinib borish va jarayonlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish hisobiga avariyali turib qolishlar va ta’mirlarga sarf-harajatlarni qisqartirish, texnologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi insonning jarayonlarga chetdan aralashuvini minimallashtirish (kamaytirish) imkonini beradi.

Texnologik qurilmalarni montaj va  ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

  1. "Samarcho’q" yer osti konida avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish. Amalga oshirish muddatlari: 2018 yilning IV choragi.

Loyiha “Amalda faoliyat yuritayotgan “Qizil olma” kon maydonida “Samarcho’q” yer osti kon uchastkasini qurish” investitsion loyihasiga to’ldiruvchi sifatida amalga oshirilmoqda.

Tizim avariyali turib qolishlar va ta’mirlarga sarf-harajatlarni qisqartirish, texnologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi insonning jarayonlarga chetdan aralashuvini minimallashtirish (kamaytirish) imkonini beradi.

Texnologik qurilmalarni yetkazib berish ishlari olib borilmoqda.

  1. Buxgalteriya hisoboti, moliyaviy aylanmalar, kadrlar boshqaruvi va boshqaruvni nazorat qilishga erkin o’tish bo’yicha axborot tizimini joriy etish. (O’zQEvaO’CHQK AJ).

Amalga oshirish muddatlari: 2017 yilning II choragi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.08.2016 yildagi №2573 sonli “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga asosan O’zbekiston Qiyin eriydigan va o’tga chidamli qotishmalar kombinati “Olmaliq KMK” AJ tarkibiga kiritildi. Ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil etilishi munosabati bilan OKMKning axborot tizimlari joriy etildi, shu jumladan:

  • Buxgalteriya hisoboti korporativ axborot tizimi;
  • Moliyaviy hisob korporativ axborot tizimi;
  • Personallarni boshqarish korporativ axborot tizimi.
  1. Arxiv xizmat ma’lumotlarini boshqarish, shakllantirish va saqlashning elektron tizini joriy etish (O’z QEvaO’CHQK AJ).

Amalga oshirish muddatlari: 2017 yilning II choragi. (Loyihaning amalga oshirilishi yakunlangan).

Arxiv xizmat ma’lumotlarini boshqarish, shakllantirish va saqlashning elektron tizini joriy etish uchun Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida oldindan bo’shatilgan serverlar o’rniga OKMK ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlash serveri o’rnatilgan.

Tizim yo’lga qo’yilgan va foydalanishga topshirilgan.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech