http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Musiqa bizni birlashtiradi

on . Posted in E'lonlar

Aynan shu nom ostida “Metallurg” madaniyat saroyi musiqa va raqs ko’rik-tanlovini e’lon qiladi.

Olmaliq kon-metalurgiya kombinatining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan ko’rik-tanlov raqs va qo’shiq yo’nalishida o’tkazilib, unda ishtirokchilarning yoshi chegaralanmagan. Ko’rik-tanlov ikki bosqichda o’tkaziladi.

Tanlovda ijro etiladigan barcha qo’shiqlar jonli ijroda bo’lib, fonogrammadan foydalanilmaydi, minusovkadan (ovozsiz) musiqadan foydalanishga ruxsat etiladi. Qo’shiqlar o’zbek tilida, shuningdek, boshqa ixtiyoriy tillarda ham ijro etilishi mumkin.

Tanlovning final bosqichida ishtirokchilar “Xoreografiya”: Milliy raqs(yakka, jamoaviy ijro), Zamonaviy raqs(yakka, jamoaviy ijro), “Vokal”: Estrada  va zamonaviy yo’nalishlari bo’yicha bellashadilar.

Ko’rik-tanlov g’oliblari  OKMK AJ rahbariyati va OKMK xodimlari  kasaba uyushmasi  Kengashi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi va kombinatning 70 yillik yubileyi munosabati bilan o’tkaziladigan kontsert dasturlarida ishtirok etishadi.   

Aziz san’at ixlosmandlari, havaskorlar marhamat o’z iste’dodingizni sinab ko’ring. Ko’rik-tanlovda ishtirok etish uchun  talabnomalar 20 avgust kuni soat 17.00ga qadar “Metallurg” madaniyat saroyining Ommaviy bo’lim hamda Madaniy va tashkiliy ishlar bo’limi xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Eslatib o’tamiz, ko’rik-tanlov hududiy bo’lib, unda qo’shni tumanlardan ham ishtirokchilar qatnashishlari mumkin. Ko’rik-tanlovning saralash bosqichi 23 avgust kuni soat 15.00da, final bosqichi esa 6 sentyabr kuni soat 17.00da “Metallurg” MS katta zalida o’tkaziladi.

Murojaat uchun telefon: 94- 660-15-65.

“Metallurg” MS

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech