IHQX ishga qabul
2019 yil 6 avgust kuni soat 9:00 da «Olmaliq KMK» AJga qarashli Idoraviy harbiylashtirilgan qo’riqlash xizmatiga «1-toifali o’qchi» lavozimiga ishga qabul bo’lib o’tadi.
Ish beruvchi tomonidan talablar:
- o’rta yoki o’rta-maxsus toifali ma’lumot;
- harbiy xizmatni o’taganligi;
- jismoniy tayyorgarlik, ruhiy chidamli.
Qabulga keluvchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak:
- pasport (als nusxa);
- harbiy guvohnoma (asl nusxa);
- diplom yoki shahodatnoma (asl nusxa);
- boshqa hujjatlar (maxsus ko’nikmalar va malakalar);
- mehnat daftarchasi (mavjud bo’lsa)
Qabulga keluvchilar o’zlari bilan ruchka, qog’oz, sport kiyimi va sport oyoq kiyimi olib kelishlari lozim.
Hujjatlarni qabul qilish 2019 yil 6 avgust kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha SK «Metallurg» da (eski o’yingoh) bo’lib o’tadi.
Qabul bo’yicha e’tirozlar qabul o’tgandan so’ng 1 hafta davomida qabul qilinadi.
Ma’muriyat