ATB ga ishga qabul
2019 yil 23 avgust soat 09:00 da «Olmaliq KMK» AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasiga xizmat ko’rsatuvchi Avtomobil transporti boshqarmasi traktor parkiga qarashli 5-avtojamlanmaga (Chirchiq shahrida) quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o’tkaziladi:
№ |
Soha (Lavozim) |
Sohaga (Lavozimga) oid talablar |
1. |
Yuk mashinasi haydovchisi |
B, C yoki B, C, E toifali haydovchilik guvohnomasi va yuk avtomashinalarida ish tajribasiga ega bo’lishi. |
2. |
Avtoyuklagich haydovchisi |
B, C toifali haydovchilik guvohnomasi, avtoyuklagich haydovchisi guvohnomasi va ish tajribasiga ega bo’lishi |
Ishga kiruvchilar nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.
Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:
- Pasport;
- Mehnat daftarchasi;
- Mutaxassisligi bo’yicha guvohnoma;
- O’quv yurtini tamomlagani bo’yicha diplom;
- Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.
(Hamma hujjatlar asl nuxada bo’lishi kerak)
Shikoyatlar qabul kunidan so’ng 1 hafta mobaynida ko’rib chiqiladi.
Ma’muriyat