http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Axborot xizmatiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 27 sentyabr kuni soat 9:00 da «Olmaliq KMK» AJ Axborot xizmatiga internet-jurnalist lavozimiga ishga qabul o’tkaziladi

Lavozimga qo’yiladigan talablar:

  • Jurnalistika sohasida ish tajribasi;
  • Oliy ma’lumotli (jurnalistika, filologiya, pedagogika);
  • Rus tilida erkin, orfografik, sintaktik va boshqa xatolarsiz matn yoza olishi;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda ishlay olish;
  • Muloqot qila olish qobiliyati;
  • Savodli, mas’uliyatli, maqsadga intiluvchan.

Ishga qabul “Olmaliq KMK” АJ ning O’quv markazi binosida bo'lib, nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan bo’lib o’tadi.  

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni asl nusxasini qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:                  

  • Pasport;
  • Ma’lumoti to’g’risida diplom;
  • Mehnat daftarchasi.

Eslatma: Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Hujjatlarni ro’yxatga olish soat 12:00 gacha amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasiga e’tirozlar imtihon o’tgan kundan boshlab 1 hafta ichida qabul qilinadi.

 Ma'muriyat

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech