Import mahsulotlari tarmoq yarmarkasiga marhabo!
2019-yil 25-26-oktabr kunlari OKMK sport majmuasida "Olmaliq KMK"AJ tomonidan import qilinadigan mahsulotlar tarmoq yarmarkasi o'tkaziladi.
Tadbir o’tkazishdan maqsad:
- Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan kichik va o'rta biznes sub’ektlarini bilan, hamda kombinat tomonida o’zlashtirilayotgan import tovarlar xaridi bo’yicha kooperatsion aloqalarni kengaytirish
- "Olmaliq KMK" AJ negizida import qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish bo'yicha mahalliy hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etish;
- kombinatning valyuta mablag'lari importini qisqartirishni ta'minlash, shuningdek, yangi ish o'rinlari yaratish.
Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarni, kichik va o'rta biznes sub’ektlarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarini "Olmaliq KMK"AJning import qilinadigan mahsulotlari tarmoq yarmarkasiga taklif etamiz.
Ma’muriyat