http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

She’rlar tanlovida qatnashing

on . Posted in E'lonlar

30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi, Axborot xizmati, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida kombinat ishchi-xodimlari hamda hamshaharlarimiz o’rtasida “She’rlar tanlovi” tashkil etiladi.

Hurmatli havaskor ijodkorlar! Ushbu tanlovda siz Yoshlikni, Vatanni madh etuvchi sher’laringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin! Ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan. 

Tanlov  qatnashchilari ijod namunalarini telefon orqali yozib olgan holda, video shaklida “OKMK TV” telekanalining “Masofa” ko’rsatuviga deb 93 1185388 telefon raqamiga telegram messenjeri orqali yuborishini so’raymiz.

“She’riyat tanlovi” g’oliblari Yoshlar kuni arafasida qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: 93 1185388, 93 1822411

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech