http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

"Olmaliq KMK" AJ barcha aksiyadorlari diqqatiga

on . Posted in E'lonlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi "Kon-metallurgiya sanoati korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PP-4124-sonli qaroriga muvofiq, kon - metallurgiya tarmog’i yirik korxonalarining aksiyalari bo’yicha dividendlarni hisoblash Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlarda har chorakda amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur qabul qilingan qarorni bajarish maqsadida, joriy yilning 23 iyun kuni "Olmaliq KMK" AJ aksiyadorlari umumiy yig’ilishining vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha 5 iyun kuni qabul qilingan qarorlar asosida tegishli buyruq imzolangan bo’lib, unga muvofiq ularni amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi vakolatlariga kiradigan masalalar qatorida, "Olmaliq KMK" AJ 2019 yil birinchi yarim yillikdagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari bo’yicha aksiyalar bo’yicha dividendlarni hisoblash va to’lash masalalari ham bo’ldi. 2019 yilning 6 oyi davomida (2-yarim yillik), bitta imtiyozli aksiya uchun dividend miqdori 489,25 so’mni tashkil etdi (soliq to’lovini hisobga olgan holda). Ko’rsatilgan dividendlar miqdoriga belgilangan tartibda soliq solinadi (5%). Aksiyadorlar - jismoniy shaxslar uchun dividendlarni naqd pulda to’lash yoki ularni Ipoteka Bank” ATIB bank (plastik) kartasiga o’tkazish 2020 yil avgust oyi oxiriga qadar oshiriladi. Hisoblangan dividendlarni to’lash shakli: jamiyat kassasi orqali naqd pul, aksiyadorlarning arizasiga binoan naqd pulsiz. "Olmaliq KMK" AJ qimmatli qog’ozlari bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha 70-61-9-52-07 yoki 70-61-9-53-21 raqamlari orqali Ijroiya apparatining korporativ munosabatlar xizmati mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.               

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech