http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Ko'p beriladigan savollar

1. "Olmaliq KMK" AJga ishga qabul qilish tartibini tushuntirib bersangiz?

Hozirgi vaqtda "Olmaliq KMK" AJga ishga qabul qilish, kombinat bo’yicha 30.01.2009 yilda chiqarilgan 72-sonli buyruq asosida kombinat bosh mutaxassislaridan iborat bo’lgan komissiya tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishchi ixtisosliklari va mutaxassislar lavozimlari bo’yicha bo’sh ish o’rinlarga da'vogarlarni tanlab olish, hamda kombinatni malakali ishchilar, xizmatchilar va mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida, mazkur komissiya bo’sh ish o’rinlari va xodimlarga ehtiyoj mavjud bo’lganda, xaftaning seshanba kunlari ishlaydi.

Da'vogarning ishbilarmonlik kasbiy hislatlari testlash va suhbatlashish orqali dastlabki tanlash jarayonida aniqlanadi.

Ish qidirayotgan fuqarolar, quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
•    Pasport;
•    Mehnat stajini tasdiqlovchi daftarcha (avval ishlamaganlardan tashqari);
•    Kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, asli yoki o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (kasbga ega bo’lgan shaxslar uchun);
•    Nogironlar ko’rsatib o’tilgan hujjatlar bilan birgalikda qo’shimcha tarzda tavsiya etilayotgan tavsifi va mehnat sharoitlari haqida TMEK xulosasini taqdim etadilar.

Bo’sh ish o’rinlar va xodimlarga ehtiyoj mavjudligi haqida ma’lumotlarni "Olmaliq KMK" AJ O’quv markazi va Olmaliq shahar bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy himoya qilish markazi orqali olishingiz mumkin.

2. Nafaqaga chiqmoqchi bo’lgan fuqarolar uchun ish haqi to’g’risidagi ma'lumotnoma qanday tartibda va qanaqa muddatlarda rasmiylashtiriladi, hamda "Olmaliq KMK" AJda ularni rasmiylashtirish tartibi qanday?

Ish haqi to’g’risida ma'lumotnoma olish uchun "Olmaliq KMK" AJ arxiviga yozma ariza  yoki This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  elektron pochtasiga  so’rov yo’llab murojaat etish mumkin.  Arizaga pasport nusxasi, hamda kombinatda ishlaganligi haqida mehnat daftarchasining nusxasini ilova qilish lozim.

So’rovni ijro etish muddati - ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab 30 kun.

Olib borilgan ishlar natijasida arxiv Arizachiga rahbar tomonidan burchak shtampi va muhr bilan tasdiqlangan arxiv ma'lumotnomasini yuboradi. Arxiv ma'lumotnomasida ish haqi ma'lumot so’ralayotgan davr mobaynida amalda bo’lgan pul nominaliga (so’m) binoan ko’rsatiladi. Ular arxiv hujjatlarida qanday bayon etilgan bo’lsa, ma'lumotnomaga ham huddi shunday kiritiladi.

Arxiv ma'lumotnomalari, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini, hamda o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan tegishli ishonchnoma taqdim etganda beriladi, shuningdek elektron nusxasi E-mail orqali jo’natiladi. Hujjatlarning haqiqiy nusxasi arizachining uy manziliga pochta orqali jo’natiladi.

3. Men Siz rahbarlik qilayotgan kombinat aksiyalariga egaman. Men Olmaliq shahriga kelish imkoniyatiga ega emasman. Aksiyalarni Internet orqali qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun nima qilishim kerak? Rossiyada doimiy yashayman va O’zbekistondagi dividendlarni olish uchun Rossiyada berilgan ishonchnoma haqiqiy hisoblanadimi?

Mazkur aksiyalarni reestrda rasmiylashtirish (yangilash) haqidagi ma'lumotlar bilan "Olmaliq KMK" AJ www.agmk.uz  veb-saytidagi "Aksiyadorlarga" bo’limining "Rezident bo'lmagan aksiyadorlar" sahifasida tanishishingiz mumkin. Demak, sizga tegishli bo’lgan pul miqdorini tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha harakat qiluvchi ishonchli shaxslar orqali olishingiz mumkin. Aksiyadorning yashash joyi bo’yicha notarial tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga yo’l qo’yiladi.

4. Men pensionerman, 2013 yilning may oyidan boshlab kasb kasalligi uchun tovon to’lovini olmay qo'ydim. Iltimos, mening ushbu masalamni hal qilib berishingizni so’rayman.

Kombinat o’zining O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashovchi sobiq xodimlariga sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplash uchun pul mablag’larini har oyda va o’z vaqtida "O’zbekiston pochtasi" AJ orqali o’tkazib turadi. Rossiya Federasiyasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha o’tkazmalar miqdori O’zR Bosh pochtasida to’planib boriladi, va bu yerda valuta ayirboshlanadi va zararni qoplash uchun to’lovlar  miqdorlari egasiga jo’natiladi. O’zR Bosh pochtasi valuta mablag’larining to’planishiga qarab, Sizga tegishli bo’lgan pul mablag’larini  majburiy tarzda pochta o’tkazmalari orqali jo’natadi.

5. O’rta ma'lumotliman. Kombinatda ishlayman va oliy ma'lumot olmoqchiman. Buning uchun nima qilishim kerak? Bir vaqtning o’zida o’qib, ham ishlashim mumkinmi?

O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limda o’qish huquqiga egasiz, bu o’z-o’zidan bir vaqtning o’zida ishlab va o’qish huquqiga ega emasligingizni bildiradi. Agar Oliy o’quv yurtlarining sirtqi bo’limiga o’qishga kirgan taqdiringizda, Siz ishdan bo’shamagan holda o’qib ham ishlashingiz mumkin. Buning uchun tegishli hujjatlarni Oliy o’quv yurtlarida tashkil etilgan qabul komissiyalariga topshirishingiz va test sinovlaridan o’tishingiz mumkin.

6. Kombinatning Rux zavodida ishlatiladigan pechlar haqidagi ko’proq ma'lumot olish uchun qaerga murojaat qilsam bo’ladi?

Rux zavodida ishlatiladigan pechlar haqidagi ma'lumotlarni "Olmaliq KMK" AJ qarashli texnik kutubxonada olishingiz mumkin.

7. Men, Ryabova I.G. 12 yil, ya'ni 1995 yildan 2007 yilgacha Mis eritish zavodining 3-sulfat kislotasi sexida apparatchi bo’lib ishlaganman. Hozirgi vaqtda Ukrainada yashayman va ro’yxat bo’yicha imtiyozli pensiya rasmiylashtirmoqdaman. Menga 3ta ma'lumotnoma: xodimlar bo’limidan нр2 ro’yxati bo’yicha imtiyozli ish stajini tasdiqlovchi ish o’rnim attestasiyalanganligi haqidagi buyruq nusxasi, 1995-2007 yillar davomida har oyda to’langan oylik ish haqim haqida ma'lumotnoma va нр2 ro’yxati bo’yicha imtiyozli ish stajimni tasdiqlovchi kasblar ro’yxati kerak.

Sizning so’rovnomangizga 1995 yil noyabr oyidan 2007 yil oktyabr oyigacha bo’lgan davr uchun oylik ish haqi to’g’risidagi ma'lumotnoma va "Olmaliq KMK" AJ Mis eritish zavodida zararli va noqulay mehnat sharoitlarida ishchi o’rinlarini attestasiyalash bo’yicha xulosa yuborildi. Elektron ko’rinishda Sizning E-mail manzilingizga, hujjatlar asl  nusxalari sizning uy manzilingizga pochta orqali jo’natildi.

8. Qanday hollarda ishchi-xizmatchi boshqa ishgav o’tkaziladi, va kombinatning boshqa sexlariga o’tkazish qoidalarini tushuntirib bering?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 92-moddasiga binoan  boshqa doimiy ishga o’tkazish faqat ishchi-xizmatchining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Agar ob'ektiv sabablarga ko’ra (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, uning texnologiyasini o’zgartirish, mehnat shartnomasida  belgilangan mehnat vazifalari bo’yicha ish faoliyatini davom ettirish imkoni bo’lmasa, ishchi-xizmatchilar soni (shtati)ning o’zgarishiga olib keladigan  ish hajmining qisqarishi, yoki ishlar xususiyatning  o’zgarishi, yohud korxona tugatilishi, malakasi yetishmasligi yoki sog’ligining ahvoli tufayli, mulkdorning almashishi, ilganri ushbu ishlarni bajargan  ishchi-xizmatchini ishga tiklash)   ishchi-xizmatchining  mehnat vazifalari bilan bog’liq ishini davom ettirish imkoni bo’lmasa, ish beruvchi ishchi-xizmatchiga uning mutaxassisligi va malakasi yoki egallab turgan lavozimiga  muvofiq bo’lgan boshqa ish taklif etishi lozim (ishchi-xizmatchi bajarayotgan ishi yoki egallab turgan lavozimiga muvofiq bo’lmagan holda - mutaxassisligi bo’yicha nisbatan past  malakali boshqa ishga), bunday ish mavjud bo’lmaganda esa - korxonada mavjud boshqa ishga o’tkazishi lozim.  

Ishchi-xizmatchi boshqa ishga o’tishdan bosh tortgan xolda yoki korxonada muvofiq ish mavjud bo’lmaganda mehnat shartnomasi umumiy asoslarda  bekor qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 93- moddasiga binoan vaqtinchalik  boshqa ishga o’tkazishga  ish beruvchi va ishchi-xizmatchi o’rtasidagi kelishuvga muvofiq yo’l qo’yiladi va  bu haqdagi iltimos  qoniqtirilishi lozim, agar bunday  iltimos  uzrli sabablarga ko’ra yuzaga kelgan bo’lsa va korxonada bunday ish mavjud bo’lsa.

O’zbekiston Resmpublikasi Mehnat kodeksining 95-moddasiga binoan ishlab chiqarish zaruriyati bilan   Ish beruchining tashabbusi bilan  ishchi-xizmatchini vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazishga  ishchi-xizmatchining roziligisiz yo’l qo’yiladi. Bunda ishchi-xizmatchi uning sog’ligiga to’o’ri kelmaydigan ishga o’tkazilishi mumkin emas.

Vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazilganda  ishchi-xizmatchining mehnatiga haq to’lash uning  bajarayotgan ishi bo’yicha, ammo, avvalgi o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Boshqa ishga o’tkazish muddatlari, mehnatga haq to’lash miqdorlari, hamda ishlab chiqarish zaruriyati holatlari jamoa shartnomasida belgilanadi. Kombinatda jamoa shartnomasiga binoan vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazish davomiyligi  bir yil davomida 60 taqvim yilidan ortmasligi kerak.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 96- moddasiga binoan boshqa ishga o’tkazish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Ishchi-xizmatchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga o’zgartirishlar kiritilishi bunday buyruq chiqarish uchun asos bo’ladi va ishchi-xizmatchiga imzo ostida e'lon qilinadi.

Vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazish buyruq bilan o’tkazish muddatini ko’rsatgan holda rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasi Ishchi-xizmatchining  arizasi mehnat shartnomasi tomonlarining roziligi  va ishchi-xizmatchining tashabbusi bilan uni vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazish uchun buyruq chiqarishga asos bo’ladi, xomilador ayollar va ikki yoshgacha farzandi bo’lgan ayollarni boshqa ishga o’tkazish uchun esa  uulrning arizasi va tibbiy xulosa asos bo’ladi. Ishlab chiqarish zaruriyati tug’ilganligi, ishlab chiqarishdagi turib qolish xolatlari mavjudligi   Ish beruvchining tashabbusi bilan ishchi-xizmatchini vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruq chiqarish uchun asos bo’ladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech