A- A A+

Sport hayotidan

Elektriklar jamoasi turnir g’olibi

on . Posted in Sport hayotidan

OKMK 2-Mis boyitish fabrikasi rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan fabrika ishchi-xodimlari o’rtasida mini futbol bo’yicha turnir tashkil etildi.

Ishchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida o’tkazilgan turnirda 8 ta jamoa g’oliblik uchun maydonga tushdi.

Elektriklar jamoasi barchadan ustun kelgan holda turnir g’olibi bo’ldi. Boyituvchilar esa ikkinchi o’rinni egallashdi. Maydalovchilar uchinchi o’rin bilan kifoyalanishdi.

Shuningdek, turnirda eng yaxshi hujumchi va darvozabonlar ham aniqlandi.

G’oliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Abduazim Abdimalikov,

2-MBF direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech