A- A A+

Sport hayotidan

“Yoshlik I” jamoasi g’olib

on . Posted in Sport hayotidan

Ishchi-xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va sportga bo’lgan qiziqishlarini yana oshirish borasida "Qalmoqqir" kon boshqarmasi mehnat jamoalarida samarali ishlar yo’lga qo’yilgan.

Nafaqat konchilar o’rtasidagi, balki korxonalararo muntazm o’tkazib kelinuvchi sport musobaqalarida ishchi-konchilarning faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelayotgani buning yaqqol dalilidir. Albatta, bu yo’lda ishchi-xodimlarga yaratilgan qulay sharoitlar muhim o’rin tutmoqda.

Kuni kecha ana shunday sport musobaqalaridan biri karyerlarning jamoalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi rejasiga asosan tashkillashtirilgan mini futbol bahslari qizg’in kechdi. Murosasiz bellashuvlarga boy bo’lgan o’yinda 1-o’rinni “Yoshlik I” karyeri jamoasi qo’lga kiritdi. 2-o’ringa Markaziy karyer konchilari sazovor bo’lgan bo’lsa, 3-o’rin g’olibligi Markazlashgan maxsus ta’mir uchastkasi ta’mirchilariga nasib etdi.

G’olib jamoalarga kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofotlari taqdim etildi.

Ozod ABDURAYIMOV,

Qalmoqqir KB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech