Energosex jamoasi birinchilik g’olibi
2020 yil 11 oktabr kuni OKMK Mis eritish zavodi va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan korxona sexlari o’rtasida mini-futbol bo’yicha birinchilik tashkil etildi.
Ishchi-xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida tashkil etilgan birinchilikda 12ta jamoa g’oliblik uchun bahs olib borishdi.
Shiddatli bahslarga boy bo’lgan birinchilikda faxrli uchinchi o’rinni Metallurgiya sexi jamoasi egalladi. Ikkinchi o’rin esa muhandis-texnik xodimlar jamoasiga nasib etdi.
Barcha raqiblaridan ustun kelgan Energosex jamoasi esa birinchilik g’olibi, deya e’tirof etildi.
G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ikrom Asanbayev,
MEZ sport yo’riqchisi