Sog’lom turmush tarzi sari qadam
2020 yil 17 oktyabr kuni OKMK "Olmaliqmetallurgqurilish" kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan trest boshqarma va bo’linmalarida mehnat qilayotgan o’rtasida mini futbol bo’yicha birinchiligi o’tkazildi.
“Ommaviy sport barchani yanada jipslashtirib, sog’lom turmush tarzini yaratadi” deya nomlangan shior ostida o’tkazilgan birinchilikda 12 jamoa g’oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa yakunlariga ko’ra, barcha jamoalardan ustun kelgan 1-montaj qurilish boshqarmasi g’olib, deya e’tirof etildi.
Faxrli ikkinchi o’rinni esa 1-qurilish montaj boshqarmasi jamoasi egalladi.
3-montaj qurilish boshqarmasi esa uchinchi o’rin bilan kifoyalandi.
G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofotlari bilan rag’batlantirildi.
Sayyor Djurayeva,
Trest kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi