Sport hayotidan

SARDOR Qalmoqqir KB chempioni

on . Posted in Sport hayotidan

24 oktyabr kuni Qalmoqqir kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o’rtasida sportning tosh ko’tarish turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

Konchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida o’tkazilgan musobaqada kon boshqarmasining karyer va uchastkalaridan jami bo’lib 12 nafar vakil g’oliblik uchun bahs olib bordi.

24 kg toshni ko’tarish bo’yicha musobaqada, hammadan ko’p natija qayd etgan Sharqiy karyer ekskavator mashinisti Sardor Nazarov chempion bo’ldi.

Ikkinchi o’rinni esa 2-sonli ishlab chiqarish uchastkasi ekskavator mashinisti yordamchisi Ilhom Abdulxayev egalladi.

Faxrli uchinchi o’rin markazlashtirilgan ixtisoslashgan ta’mir uchastkasi chilangari Dovud Qambarovga nasib etdi.

G’oliblar kombinat xodimlari  kasaba uyushmasi Kengashining pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Elmurod Hamdamov,

Qalmoqqir KB sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech