Sport hayotidan

Suvsozlarning an’anaviy mundiali

on . Posted in Sport hayotidan

Sanoat suv ta’minoti sexi uchastkalari ishchi-xodimlari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan futbol birinchiligi g’oliblari kuni kecha aniqlandi.

Sexning sakkizta teng kuchli jamoalari dastlab, ikki guruhga bo’lingan holda yarim final yo’llanmalari uchun o’zaro bahslarga kirishdilar. Barcha raqiblarini ustidan ishonchli g’alabani qo’lga kiritgan 2-uchastka jamoasi birinchi bo’lib yo’llanmani naqd qilgan bo’lsa, 1-uchastka jamoasi ikki g’alaba va bir mag’lubiyat evaziga guruhda ikkinchi o’rinni egalladi. 2-guruh jamoalari orasida 6-uchastka jamoasi va ta’mirchilar brigadasi havaskor futbolchilariga teng keladiganlar topilmadi. Ushbu guruh g’olibi bo’lgan 6-uchastka jamoasi final yo’llanmasi uchun 1-uchastkadagi hamkasblariga qarshi maydonga tushishdi. Mazkur bahsda 6-uchastka jamoasi katta ustunlik bilan g’alaba qozondi.  Ikkinchi yarim finalda 2- va ta’mirchilar jamoalari orani ochiq qilishdi. Bu bellashuv 5-uchastka jamoasining g’alabasi bilan yakunlandi. Final bahsi kutilganidek qizg’in kurashlar ostida o’tdi. Kichik 2:1 hisobida irodali g’alabani qo’lga kiritgan 6-uchastka jamoasi musobaqa g’olibligini qo’lga kiritdi. O’z jamoalari sharafini himoya qilgan D.Pardaboyev va S.Qanoatovlar hamda 5-uchastka ishchilari T.Jo’rayev va M.O’razboyevlar turnirning eng yaxshi futbolchilari sifatida e’tirof etildi.

Nasivali MAMATOV,

Sanoat suv ta’minoti sexi sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech