Sport hayotidan

Kommunalchilar dona surishdi

on . Posted in Sport hayotidan

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi xotin-qizlari o’rtasida bo’lib o’tgan sportning shashka turi bo’yicha yakkalik chempionati ham o’ziga xos murosasiz baxslar ostida o’tdi.

Boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan chempionatda 2-Uy-joylarni ta’mirlash uchastkasi ishchisi Jamila Alimxonova g’olib deb topildi. 2-o’ringa esa boshqarma moddiy hisobchisi Orzigul Madumarova loyiq ko’rildi.

Faxrli 3-o’rin 2-Uy-joylarni ta’mirlash uchastkasi ishchisi Gulshoda Yuldashevaga nasib etdi. Chempionat g’oliblari esdalik sovg’alari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Boshqarmada bu kabi sport tadbirlarining doimiy o’tkazilib turishi ishchi-xodimlarning salomatliklari ta’minlanishi va sog’lom mehnat sharoitlariga xizmat qilishi shubhasiz.

Tursunpo’lat IBODULLAYEV,

UJTFB sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech