Sport hayotidan

OKMK motokrosschilarida 3ta oltin, 1ta bronza,1 ta kumush

on . Posted in Sport hayotidan

Sportning texnik turlaridan sanalgan motokross bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Unda OKMK Texnik sport klubi a’zolari ham ishtirok etib, quvonarli natijalar qayd etishdi.

Jumladan, o’smirlar o’rtasida dvigatel hajmi 125 sm kub bo’lgan mototsikllar bahsida murabbiy Andrey Sazonov shogirdlaridan Emran Ablyazov marrani birinchi bo’lib kesib o’tgan holda O’zbekiston chempioni bo’ldi.

Xuddi shu klassdagi mototsikllar bahsida Andrey Sazonov (kichigi)ham chempion bo’ldi.  Shu klassda bahsga kirishgan yana bir vakilimiz Sergey Vinogradov o’z hisobiga bronza medalini yozib qo’ydi.

Dvigatel hajmi 500 sm kub bo’lgan mototsikllar bahsida Andrey Sazonov(kichigi) O’zbekiston chempioni bo’ldi. Shu yo’nalishda bahs olib borgan SHevket Suleymanov esa marraga ikkinchi bo’lib yetib keldi.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb-muharrir

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech