Energetiklar chempion!
Avval xabar berganimizdek, Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan ishchi-xodimlari o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi.
Fabrikaning barcha sex jamoalari ishtirok etgan musobaqa shiddatli bahslarga boy bo’ldi.
MBF sport yo’riqchisi Akrom Mamayusupov hakamlik qilgan ushbu musobaqada 3-o’rinni Ixtisoslashtirilgan ta’mir-montaj sexi jamoasi qo’lga kiritdi.
Ikki munosib raqib to’qnash kelgan final bahsi juda ham shiddatli o’tdi. Finalda ikkinchi o’rin Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa chempionligi esa barcha raqib jamoalarini ortda qoldirgan Energetika sexi jamoasiga nasib etdi.
G’oliblarga Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari tantanali ravishda taqdim etildi.
Ulug’bek Alimov, MBF Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi
Bobur Sobirjanov, MBF Yoshlar ittifoqi raisi