A- A A+

Tadbirlar

“Til – millat ko’zgusi”

on .

21 oktyabr - O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bugun “Metallurg” madaniyat saroyida  OKMK  tomonidan “Til – millat ko’zgusi” shiori ostida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tantanali qism

Dastlab, madaniyat saroyi foyesida ona-tilimizning  boy tarixi, uni asrab-avaylash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi.

Shundan so’ng,  OKMK boshqaruvi raisining Ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek  Fayazov so’z olib, barchani ayyom munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, yoshlar bo’limi boshlig’i, shoira Nargiza Asadova, shoir Talant Beklar so’z olib, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasida o’zbek kalomida o’z tashabbuslarini bayon etgani barchamizga cheksiz g’urur va iftixor bag’ishlaganini,  ona tilimizni, adabiy tilni sofligini asrash borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirib, OKMK  rahbariyati tashabbusi bilan “Ruscha-o’zbekcha kon-metallurgiya atamalari lug’ati”ning chop etilgani tahsinga loyiqligini ta’kidlashdi. Shuningdek, shoirlar o’z ijod namunalarini yig’ilganlar e’tiboriga havola etdi.

Tadbir mobaynida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari tomonidan tayyorlangan “Alisher va Guli” monologi olqishlarga sazovor bo’ldi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tanlov g’oliblariga rag’bat

Ayyom munosabati bilan OKMK Ijro apparati, Axborot xizmati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan e’lon qilingan “Til - millat ko’zgusi” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi ham bo’lib o’tdi.

Jumladan, she’riyat yo’nalishida  “Shaxtaqurilish” boshqarmasi mashinisti A’zamjon Qurolov “ONA TILIM-O’ZLIGIM” she’ri  bilan birinchi o’rinni egalladi.

Mis boyitish fabrikasi ishchisi Xudoyorxon Yunusov esa “ONA TILIM” she’ri uchun ikkinchi o’ringa loyiq ko’rildi.

Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi vakilasi Sitora Abduraimovaga  uchinchi o’rin nasib etdi.

Tanlovning “Publisistika” yo’nalishi bo’yicha g’oliblar safidan  shahrimizning 22-umuta’lim maktabi geografiya fani o’qituvchisi Orzigul Shopursatova, shu maktabni ota-tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Mahliyo Umarova,  21-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Kamolat Usmonovalar joy olishdi.

Tanlovning “Ijtimoiy roliklar” yo’nalishi g’oliblari esa 1-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyotti fani o’qituvchisi Munira Baratova, Tibbiyot kolleji o’quvchisi Sevara Abduqahharova, 19-umumta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi Xumoyun To’ychiboyevlar bo’ldi.

Tanlov g’oliblari qimmatbaho sovg’alar bilan rag’batlantirildi.

A’lochilarga badiiy adabiyotlar

Tadbir doirasida OKMK AJ rahbariyati tashabbusi bilan  “Yangi asr avlodi” nashriyoti homiyligida  shahrimizning umumta’lim maktablarida a’lochi o’quvchilarga “Mehr ulashaylik!”  aksiyasi bo’yicha turli xil badiiy adabiyotlar ham tuhfa etildi.

Shoirlar bilan yoshlar uchrashuvi

Tadbir doirasida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari  iste’dodli shoira Nargiza Asadova hamda shoir Talant Beklar bilan yoshlar o’rtasida  ijodiy uchrashuv o’tkazildi.

Suhbat  davomida shoirlar tomonidan yoshlarga kitob o’qishning afzalliklari, badiiy adabiyotga oshno bo’lish kishi dunyoqarashini kengaytirishi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbirda kombinatning ijodkor yoshlarini kitoblarini chop etilishida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi har doim yordamga tayyorligi ma’lum qilindi.

Kitob yarmarkasi

Mazkur tadbir doirasida “Olmaliq KMK” AJ O’quv markazi va Book.uz  hamkorligida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu yarmarka kun davomida  “Yangi avlod” nashriyoti tomonidan chop etilgan turli xil adabiyotlar 30% chegirmalar bilan shahrimiz yoshlariga taklif etildi.

Tafakkur sohiblari

Tadbir doirasida “Tafakkur sohiblari” intellektual o’yinining uchinchi bosqichi bo’lib o’tdi.

OKMK O’quv markazi, Yoshlar ittifoqi hamda “Yangi asr avlodi” nashriyoti hamkorligida tashkil etilgan ushbu loyihaning uchinchi bosqichida ishtirokchilar taniqli adib Erkin Vohidovning “Dil tubiga cho’kkan lahzalar” nomli asari bo’yicha bahs olib borishdi.

Mazkur asar bo’yicha o’z bilimlarini sinovdan o’tkazgan yoshlardan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchisi Botir Norboyev va Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati xodimi Dilshodxon Sa’dullayevlar finalda bellashishdi.

Final bahsida esa Dilshodxon Sa’dullayev g’olib bo’ldi va kitob xarid qilish uchun maxsus sertifkatni qo’lga kiritdi.

Ikkini o’rin esa Botir Norboyevga nasib etdi.

Tanlovda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali xodimi Artyom Endikovning “O’zbegim” she’rini o’zbek tilida yod olishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Muxlislar o’rtasidaga bellashuvda ham o’z bilimlarini namoyish etgan  kombinat ishchilaridan Nigora Anorqulova hamda Aznaur Abdurashidovlar ham kitob xaridi uchun sertifkatlar bilan taqdirlandi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech