Tadbirlar

Sog’lom hayot sari besh ming qadam

on .

Bugun OKMKda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida  “Sog'lom hayot sari 5 ming qadam” aksiyasi tashkil etildi.

Badantarbiya va piyoda yurish bo’yicha o’tkazilgan mashg’ulotlar  OKMK sport majmuasida o’tkazildi. Mashg’ulotlarda kombinatning barcha korxona va tashkilotlaridan ko’ngillilar sifatida ishtirok etganlar soni 500 nafarga yaqin bo’ldi.

Ta’kidlash joizki, bugungi pandemiya sharoiti inobatga olinib, tadbir karantin tartiblariga rioya etgan holda tashkil etildi. Bu esa ishchi-xodimlar salomatligini yanada mustahkamlashda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech