A- A A+

Tadbirlar

O’quv taktik mashg’uloti

on .

… Yer qimirlashi sodir bo’lib, bir qator sanoat korxonalariga talofat yetdi. Jumladan OKMK 2-Mis boyitish fabrikasiga maydalash sexiga ham. Sex binosida esa tabiiy ofat natijasida esa yong’in sodir bo’lmoqda.

Bu OKMK 2-Mis boyitish fabrikasida o’tkazilgan o’quv-taktik mashg’uloti ssenariysidan edi. Ssenariyga ko’ra, dastlab razvedka guruhi sex binosini ko’zdan kechirib, vaziyat haqida fuqaro muhofazasi boshlig’iga tezkorlik bilan ma’lumot berildi. Shundan so’ng, voqea joyiga zudlik bilan avariyaviy-texnik komanda, o’t o’chirish komandasi, hamda qutqaruv komandasi yuborildi. Sex binosida elektr toki va gaz taminoti uzilib, yong’in bartaraf etildi. Ofat natijasida jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatildi.

Mazkur o’quv taktik mashg’ulotini o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, fabrika qutqaruv tuzilmalarini yuzaga kelishi mumkin bo’lgan har qanday holatga shayligini nazoratdan o’tkazishdan iborat.

Tadbirda OKMK Fuqaro muhofazasi otryadi mas’ullari o’quv taktik mashg’ulotida kuzatilgan kamchiliklar bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

A. Abseitov, 

51-son yong’in qutqaruv qismi inspektori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech