Xotira va qadr

Sizga ta’zimdamiz!

on .

Bu yil insoniyat fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 75 yilligini nishonlaydi. Millionlab insonlar yostig’i quritgan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, tinchligimiz osuda hayotimizga zamin yaratgan ota-bobolarimiz hamisha e’zozda.

“Olmaliq KMK” AJ tomonidan ham har yili Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylari, baynalminal jangchilar, Chernobil AESi halokatini bartaraf etishda ishtirok etganlar e’zozlanib, ularga g’amxo’rliklar ko’rsatib kelinadi.

Kuni kecha STTB boshlig’i Bunyod Qurbonov hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Kamoliddin Maxatov va korxona yoshlar ittifoqi faollari shahrimizda istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriysi Abdurahim ota Mavlonov va mehnat fronti faxriylari Izyat Ahmedova, Lidiya Siganova, Abdumalik Alimov, Aleksandr Yagutinlarning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Bayram arafasida  nuroniylarning holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg’alari, kombinat tomonidan ajratilgan oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa etildi. Kombinat temiryo’lchilari nuroniylarga mustahkam sog’lik va uzoq umr tilashdi.

Faxriylar ham bunday e’tibor va g’amxo’rlikdan xursand bo’lishib, kombinat rahbariyati hamda STTB mehnat jamoasidan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech