http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ko’ngillarni shod etgan ayyom

on .

Darhaqiqat, Yangi yil bayramini barchamiz birdek orziqib, intiqib kutamiz. Buning sababi esa juda oddiy - uning insonlarga ezgulik, mehr-muhabbat hadya qilishi va chekisiz umid baxsh etishidadir.

Balki aynan yaxshilik va mehr ulashish imkoniyatini bergani uchun ham bu bayram bizni ruhan yaqinlashtirib, kelajak va keksa avlod o’rtasida mehr-oqibat, olijanoblik va saxovat deb atalmish bebaho qadriyatlarning umrboqiy bo’lishiga zamin bo’lmoqdadir. Intiqlik ila Yangi yilni kutayotgan kichkintoylaru yoshi ulug’ insonlar qalbiga bayram tarovatini ulashish ham aslida baxtdir.

Yangi yil ayyomini ko’tarinki ruhda kutib olishga jiddiy hozirlik ko’rgan “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati birinchi galda bayram sovg’alari bilan jajji kichkintoylarni xushnud etdi. Kombinat tasarrufidagi 16 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan Yangi yil shodiyonalarida jami 3046 nafar o’g’il-qizlarga Qorbobo sovg’alari topshirildi. Aytish joizki, shirinliklarga to’la bunday tuhfalardan kombinat ishchi-xizmatchilarining jami 19 ming 494 nafar farzandlari ham bahramand bo’lishdi.

Ha, Yangi yilning buyuk qudrati hamda asrlar davomida takrorlanib kelayotgan beqiyos ahamiyati va qadri ham aynan yaxshilik ulashish va ko’ngillarni shod etishida, desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, bu saxovatli ayyom bolalar bilan bir qatorda yoshi ulug’ insonlarni ham o’z mo’jizalariga ishontira oladi.

OKMK rahbariyati va Kasaba uyushmasi Kengashi shahrimizda istiqomat qilayotgan muxtaram otaxonu onaxonlarimizni ham Yangi yil tuhfalari bilan xushnud etdi. Ayyom arafasida barcha ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, 117 nafar mehnat fronti ishtirokchilariga, 206 nafar kam ta’minlangan, ko’p bolali hamda 105 nafar boquvchisini yo’qotgan oila farzandlariga, shuningdek, kombinat ishchilarining 212 nafar imkoniyati cheklangan o’g’il-qizlariga Yangi yil sovg’alaridan iborat oziq-ovqat jamlamalari hadya etildi.

Yangi yil arafasida o’tkazilgan bunday ezgu va xayrli amallar jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va farovonlik, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlab boraveradi, shu bilan birga Yangi yil ayyomining mo’’jizakor qiyofasini yaratish ham aslida inson qo’lida ekanligini yana bir bor isbot etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech