http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Bolalarga quvonch ulashib...

on .

Serzavq kunlarni boshlab kelayotgan ertaknamo Yangi yil bayramlari bugun har bir dilda sevinch va shodlik, quvonch va yaxshiliklar izini qoldirmoqda.

Bu haqiqatni bayram arafasida o’tkazilayotgan turli tadbirlar misolida yana bir bor his etish mumkin. Ayniqsa, “Olmaliq KMK” AJ hamda Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan o’tkazilib kelinayotgan mehr-muruvvat tadbirlari yuqoridagi fikrimizga misol bo’la oladi. Kuni-kecha ana shunday xayrli an’analardan biri kombinat Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkillashtirilib, “Bolalarga quvonch ulashib” nomli ushbu Yangi yil aktsiyasi doirasida shahrimizdagi 16 nafar imkoniyati cheklangan bolalarga sovg’alar ulashildi. Kombinat mehnatkashlarining farzandlari bo’lgan bu o’g’il-qizlarning ko’zlarida bayram tafti, zavqi va sururini his etish mumkin edi. Xonadonlarga tashrif buyurgan Qorbobo va Qorqiz, ertak qahramonlari imkoniyati cheklangan bolalarga Yangi yil ayyomining quvonchlarini baxsh etdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech