http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Yil muvaffaqiyatlari

on .

Investitsion va innovatsion loyihalar

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrda Simpoziumlar saroyida bo’lib o’tgan Oliy Majlis Senatiga yo’llagan murajaatnomasida 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yili deb e’lon qildi.

Hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni boshqarish hamda tartibga solishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida Respublikamizda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni, Innovatsion rivojlantirish Vazirligining joriy etilishi, “Yoshlar innovatsion markazlari”ning tashkil etilishi, texnoparklarning barpo etilishi shular jumlasidandir.

Xususan, Prezidentimizning 2017 yil 15 sentyabrdagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aktsiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3280-sonli Qaroriga binoan, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tarkibida yangi “Ilm va innovatsiya” bo’limining tashkil etilishi buning yaqqol ifodasidir. Bo’lim oldida kelayotgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yilida yanada ulkan vazifalar turibdi.

O’tayotgan 2017 yilda “Olmaliq KMK” AJda bir qator investitsion va innovatsion loyihalar amalga oshirildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Jumladan;

- Mis eritish zavodida yanvar oyida suyuq eritish vannasi(PJV) to’liq ishga tushirildi va 11 oy davomida 342,6 ming tonna xom ashyo qayta ishlanib, 44,7 ming tonna xomaki mis ishlab chiqarildi;

- balansorti rudalarni samarali qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqildi va yil davomida 2 mln. tonna balansorti rudalari qayta ishlandi;

- Toshkent Davlat Texnika Universiteti qoshidagi tarmoq mashinashunoslik muammolari bo’yicha ilmiy-tadqiqot markazi(nauchno-issledovatelskiy tsentr po problemam otraslevogo mashinovedeniya pri TashGTU) va kombinat bilan hamkorlikda tuzilgan shartnomaga asosan, institut olimlari tamonidan maxsus sparatsion qurilma yaratildi hamda ushbu qurilma asosida rux zavodida ishlab chiqarilayotgan PTS-6 rux poroshogidan mayda dispersiyali (7 mikrongacha) PTS-4 rux poroshogini olish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Hozirgi kunda ushbu mahsulot turi kombinat tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga realizatsiya qilinmoqda.

- Toshkent Davlat Texnika Universiteti va kombinat o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, universitet olimlari tomonidan maydalagichlarni ravon harakatga keltiruvchi 90 va 75 kVt quvvatli qurilmalar ishlab chiqilib, Ohak zavodiga joriy etildi. Ushbu qurilmalar maydalagichlar elektro’tkazgichlarning foydalanish faoliyatini uzaytirib berish va elektr energiyasini tejash imkoniyatlarini o’zida mujassam etgan.

Shuningdek, bugungi kunga qadar kombinat mutaxassislari tomonidan bir qator ratsionalizatorlik ishlari ro’yxatdan o’tkazilib, ushbu ishlar kombinatga 2017 yilda 11,6 mlrd. so’m miqdorida samara keltirishi kutilmoqda.

Lokalizatsiya

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2698-sonli Qaroriga binoan, 2017 yilda “Olmaliq KMK” AJ tomonidan umumiy qiymati 17,6 mlrd. so’mlik 29 ta loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, hisobot yili yakuni bo’yicha 20,2 mlrd. so’mlik(yoki istiqbolga nisbatan 115,1%) mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda. Kombinat mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi bo’lgan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi Quyish sexi tomonidan joriy yilda o’zlashtirilgan kon qazib olishda keng qo’llaniluvchi LS-17 va LS-30 lebedka(chig’ir)lari, ko’chirib o’rnatiluvchi temir yo’l kranlari hamda ruda, qumli tegirmonlarning MMPS zirh qoplamalari bugun o’z xaridorlarining yuqori e’tirofiga sazovor bo’lgan mahsulotlar qatoridan o’rin oldi.

Ish o’rinlari

2017 yil kombinat tarkibiy bo’linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining1078 nafar 2 bosqich o’quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o’tashdi. Shuningdek, 1166 nafar kollej bitiruvchilari ishga joylashtirildi, ularning barchasi “Olmaliq KMK” AJga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hisoblanadi. 210 nafar Oliy o’quv yurti bitiruvchilari ham ishga qabul qilindi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech