http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Orzularini maqsadga aylantirayotganlar

on .

Bahorni nafaqat insoniyat, butun borliq hamisha sog’inib yashaydi. Bu sog’inchda qorlar tagida shivirlabgina oqayotgan irmoqlar kuyi, yozning qaynoq nafasida dilga xush yoquvchi salqini, yulduzli, oyli tunlar havosi, kuzgi xazonlarning cho’g’lanib yotgan xayollari bahorga chorlaydi. O’lkamizni yashillik nuri tutmoqda. Qalblarda bahor orzulari.

Fasllar kelinchagi - bahor 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan boshlanishida ham bir olam ma’no bordek. Muhtarama ayollarimizning jamiyatdagi o’rniga doimo yuksak baho berib kelingan. Opa-singillarimizning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, farzandlarimiz, ayniqsa qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar, ilm-fan cho’qqilarini egallab, hayotda munosib o’rin olishlari uchun “Olmaliq KMK” AJda olib borilayotgan ishlarga qisman to’xtalib kelgusi rejalarimiz bilan bayram arafasida o’rtoqlashishni lozim deb topdim. Bugungi kunga kelib OKMKda 7344 nafar ayollarimiz mehnat qilib kelishadi. Xotin-qizlarimizning barcha mehnat, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari mehnat jamoasi shartnomasida, aynan uning “Ayollar mehnatini tartibga solish, qo’shimcha imtiyozlar va kafolatlar” bobida o’z aksini topgan. . Aholi bandligini ta’minlash maqsadida kombinat korxonalarida 300dan ziyod kasanachilik asosidagi ish o’rinlari yaratildi. Kombinat boshqaruvi Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi bilan birgalikda 511 nafar ayollarimizning ish sharoitlari yaxshilanishiga muvaffaq bo’lindi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalariga yil davomida 1012 ta yo’llanma berildi. OKMK rahbariyatining tashabbusi bilan 6 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’mir ishlari o’tkazilib, homiy korxonalar tomonidan mebel, sanitar-texnika jihozlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish borasida diqqatga molik ishlar qilindi. Mamlakatimiz mustaqilligi bayrami arafasida “Kasaba uyushmalari - bolalarga” va “Kasaba uyushmalari xotin-qizlarga” aktsiyalari ostida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Kam ta’minlangan oilalarning 26 nafar uy bekalariga maishiy kimyo texnikalari taqdim etildi. Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida yozgi ta’til mavsumida 3359 nafar bolalar sog’lomlashtirilgan bo’lsa, 311 ta yo’llanma bepul berildi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni mazkur yo’nalishdagi ishlarimizni yangi asoslarga yo’naltiruvchi muhim hujjat bo’lib qoladi. Ushbu Farmondan kelib chiqqan holda “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi va Kasaba uyushmasi Kengashining kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Moddiy yordamga ehtiyojmand ayollar, nogironlarni aniq manzilli qo’llab-quvvatlash, yoshlarni oila hayotiga tayyorlash, oilaning muqaddas ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, qonunbuzarliklarning profilaktikasi va xotin-qizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga qarshi kurashish, yoshlarni oila hayotiga tayyorlash bo’yicha ishlarni tashkil etish uchun kadrlarni yetkazib berish, oila institutini mustahkamlash, nizoli vaziyatlar va ajrimlarning oldini olish kabi yo’nalishlar bo’yicha turli tadbirlarni o’tkazish rejalangan. Bir so’z bilan aytganda, kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan har bir xotin-qizlar doimiy diqqat markazimizda bo’ladi. Egallab turgan lavozimi, vazifalari va majburiyatlaridan qat’iy nazar muhtarama ayol BAXT uchun yaralgan. O’z fikrlarimni yakunlar ekanman, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining dilbar ayollari, muhtarama opa-singillar oilangizni baxt va tole, qalbingizni go’zallik, lobar chehrangizni latofat va bahoriy chiroy aslo tark etmasin deb qolaman.

Sanobar Norinboeva,

MEZ Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi o’rinbosari,

kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech