http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

«OLmaliq KMK» AJ buyrug’i

on .

«8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mukofot va moddiy yordam pulini to’lash to’g’risida» «Olmaliq KMK» AJ buyrug’i

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan kombinat mehnatkash xotin-qizlarini, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ikkinchi jahon urushi davrida mehnat fronti faxriylari bo’lgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida

Buyuraman:

1. Sex va bo’limlar rahbarlari ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va mehnat fronti faxriylari bo’lgan ayollarga esdalik sovg’alari va oziq-ovqat jamlamalarini topshirsin.

2. “Olmaliq KMK” AJ bosh hisobchisi Ten N.K.:

2.1. 2018 yil 1 martiga qadar kombinat xodimlarining ro’yxati tarkibida bo’lgan va to’lov davrida “Olmaliq KMK” AJda mehnat munosabatlarini davom ettirib kelayotgan xotin-qizlar 400 000 so’m pul bilan mukofotlansin.

2.2. 400 000 so’mdan moddiy yordam puli to’lansin:

- ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bo’lgan ayollarga, 1-ilovaga muvofiq;

- ikkinchi jahon urushi davrida mehnat fronti faxriylari bo’lgan ayollarga, 2- va 3-ilovaga muvofiq.

2.3. Moddiy yordam puli va oziq-ovqat jamlamalari uchun bo’lgan sarf-xarajatlar davriy xarajatlarga kiritilsin.

3. Ushbu buyruq ijrosi nazorati Boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari I.X.Yuldashev zimmasiga yuklansin.

Aleksandr FARMANOV,

“Olmaliq KMK” AJ Boshqaruvi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech