http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Sarxil bodring –  kombinat mehnatkashlari dasturxoniga

on .

13 mart kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi  mirishkorlari tomonidan issiqxonada yetishtirilgan 500 kg. sarxil bodring terib olindi va kombinatning ichki do’konlariga tarqatildi.

Shu kungacha ming kilogrammdan ziyod bodring mehnatkashlar dasturxoniga yetkazilgan edi. Hozirda bir kilogramm bodringning narxi 11 ming so’m. Yaqin kunlarda bozor talablariga qarab, narxlarni tushishi rejalashtirilgan.

Hafta yakuniga bulg’or qalampiri(bolgarskiy) ham do’konlarimiz peshtaxtalarini to’ldirishi kutilayapti. Kombinat issiqxonasidagi baqlajon ham hosilga kirib bormoqda.

Bundan tashqari issiqxonalarimizda yetishtirilgan  rayhon, shafran, astra va boshqa gul ko’chatlari talabnomalar asosida korxona-tashkilotlarga tarqatilayapti.

Axborot xizmati 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech