http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“Olmaliq KMK” AJ: namanganliklarga sumalak doshqozoni tayyorlandi

on .

Azaliy qadim qadriyatlarimiz ichra boqiy yashab kelayotgan Navro’z ayyomiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Navro’z bayramining shoh taomi bo’lgan sumalak mana uch ming yildan ziyod vaqt o’tsa hamki momolarimizdan meros bo’lib abadiy qadriyat sifatida yashab kelmoqda.

Mana shunday ulug’ ayyom kunlari oldidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi ishchilari sig’imi 7 tonnalik sumalak doshqozoni va o’choq, 3 metrlik ikkita kapkir va ikkita cho’mich, shuningdek, qozon-o’choq atrofiga mo’ljallangan metall maydonchani bir oy ichida, belgilangan muddatidan avval tayyorlashdi.

13 mart kuni MTMZdan alvon lentalar ila bezatilgan qozon-o’choq “Metallurg” MS hovlisiga ketirildi. “Metallurg” MS hovlisida yangragan karnay-surnay sadolari kombinatning yana bir ezgu ishidan aks-sado berganday bo’ldi go’yo. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanov 7 tonnalik ulkan qozonning pasportini Namangan shahar hokimi o’rinbosari Ayubxon Bobomirzayevga tantanali ravishda topshirdi va kombinat tasarrufidagi yirik avtoulov treylerga ortilgan ulkan doshqozon karnay-surnay sadolari bilan Namanganga kuzatildi.

Ma’lumot o’rnida: Poytaxtda 8 tonnalik qozonda damlangan osh Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganidan va bu osh kombinatda tayyorlangan qozonda pishirilganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, kombinat tomonidan yana ikkita bir tonnalik va bitta besh tonnalik qozon ham tayyorlangan. Namanganliklar uchun tayyorlangan bu 7 tonnalik qozon esa kombinatning beshinchi ulkan qozonidir. Zero, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi kutilayotgan sumalakning kombinatda tayyorlangan ushbu qozon-o’choqda pishirilishi esa har bir kombinat ishchi-xodimi va olmaliqliklar qalbini faxr-iftixorga to’ldirishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech