http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kovuldi konida yangi texnikalar

on .

Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev amaldagi yilning 31 iyul-1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasida bo’lgan edi. Ushbu tashrif chog’ida o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalari doirasida davlat rahbarlarining Qo’shma bayonoti imzolanib, O’zbekiston va Belarus o’rtasidagi ko’p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to’plami qabul qilindi.

Mazkur hamkorlik aloqalari natijasida “Olmaliq KMK” AJ Kovuldi koniga tajriba-sinov tariqasida 2 dona MOAZ65010 yerosti o’ziag’dargichi hamda 1 dona MOAZ-4035 OEM (o’zi ortib yetkazib beruvchi mashina) kon transport vositalari olib kelindi.

- Bu yangi texnika vositalari Belarus davlatining “BelAZ” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, - deydi Kovuldi koni bosh mexanigi v.b. Ixtiyor Ataqulov. -  Har ikki texnika vositasidan yer osti konidan rudani olib chiqishda foydalaniladi. Hozirgi kunda bu texnika vositalarini ishlab chiqarish jarayoniga safarbar etdik. Yana bir muhim jihat - aynan MOAZ-4035 OEM texnikasi “BelAZ” kompaniyasining o’zida ham birinchi bor tajriba-sinov tariqasida ishlab chiqarilgan bo’lib, Kovuldi konida ilk sinovdan o’tkaziladi. Bir yil davomida “BelAZ” kompaniyasi mutaxassislari ushbu texnika vositasini kondagi ishlab chiqarish jarayonida qanday ishlashini kuzatishadi, va servis xizmatini ham ko’rsatib borishadi. Agar texnika vositasi sinovdan kutilganidek o’tsa, kompaniya ushbu texnikani ishlab chiqarishni konveyrga qo’yadi. Mazkur texnika vositasi biz foydalanayotgan ortish-eltish mashinalaridan biroz farq qiladi. Rudani ortish uchun mo’ljallangan kovshining sig’imi 3 kub.li, MOAZ65010 yerosti o’ziag’daruvchining yuk ko’tarish hajmi esa 15 tonnani tashkil etadi. Bundan tashqari, ushbu texnika vositalarini boshqarish uchun belaruslik mutaxassislar tomonidan texnik minimum asosida mashg’ulotlar ham o’tkazildi. Ayni damda konimiz texnoparkida Shvedlarning 2 dona MT-2010 o’ziag’daruvchi mashinasi hamda 6 ta ortish-eltish mashinasi va 3 dona yordamchi texnikalarimiz mavjud. O’ylaymanki, Belaruslarning ushbu texnika vositalari ham ishlab chiqarish samaradorligiga erishishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kovuldi koni texnik ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i Akmal Xolmatovning ma’lum qilishicha, o’tgan 9 oy davomida kon jamoasining sa’y-harakatlari bilan har yo’nalish bo’yicha belgilangan rejalar ortig’i bilan bajarilgan. Jumladan, 2019 yil yanvar-sentyarb holatiga ruda qazib olish rejasi 101,4%ga, tog’ tayyorlov ishlari 167,7%ga, eksplautatsiya-razvedka ishlari 140,6%ga, tog’ jinslarini qazib olish topshirig’i 115,7%ga, rudani qayta ishlash vazifasi 100,7%ga, flyus rudalarni yuklab jo’natish 101,0%ga, ruda tarkibida birinchi metall rejasi 102,9%ga, ikkinchi metall rejasi esa 105,3%ga bajarilgan.

Belarusdan keltirilgan yangi texnikalar Kovuldi konchilarining yanada yuksak marralarni zabt etishida yaqin ko’makchi bo’lishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech