http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Metrologiya xizmati: har bir sohada o’lchov bor

on .

O’lchovlar - muvaffaqiyatli iqtisodiyotning ajralmas qismi bo’lib, innovatsiyalar, ilm-fan taraqqiyotining rivojida, bundan tashqari, iste’molchilarning tovar va xizmatlar ayirboshlovidagi adolatni ta’minlovchi mezon hisoblanadi.

Joriy yil 20 may jahon hamjamiyati Metrologiya kunini “Global savdoda o’lchovlar” shiori ostida nishonlaydi va bu zamonaviy hamjamiyat uchun dolzarb mavzudir. Ushbu xalqaro tadbir butun dunyo bo’ylab metrologiya sohasi mutaxassislarining kasbiy faoliyati natijalarini yoritishga mo’ljallangan. Zamonaviy hamjamiyat hayotining barcha jihatlari, shu jumladan, mudofaa, sog’liqni saqlash, ekologik muammolar, eng yangi yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, energiya, savdo, sport va boshqalar ko’p jihatdan o’lchovlarning aniqligi, birligi va ishonchliligiga bog’liq. Xalqaro metrologiya tashkilotlari yana bir bor metrologiyaning iqtisodiy o’sishning lokomotivi hisoblanmish - xalqaro savdodagi o’rniga e’tibor qaratishmoqda. Bu yilgi mavzu global savdoda o’lchovning muhim rolini ta’kidlaydi hamda mahsulot sifati standartlar va qoidalarga javob berishini, mijozlar ehtiyojini qondirishni oshiradi .

“Olmaliq KMK” AJda O'zDSt ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari malakasiga bo’lgan umumiy talablar” standarti bo’yicha akkreditatsiyadan o’tgan shunday ikki metrologik xizmat - Markaziy metrologiya laboratoriyasi(MML) va ushbu xizmat tarkibiga kiruvchi Nodir metallar va qatttq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi xizmat kombinatdagi o’lchovlar birligini ta’minlash bo’yicha o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, OKMK tarkibida Elektr tarmoqlari boshqarmasi qoshida attestatsiyadan o’tgan markaziy elektrotexnik laboratoriyasida elektr o’lchov asboblarini ta’mirlash va kalibrlash guruhi mavjud. Yuqorida sanab o’tilgan laboratoriyalarda o’z malakalarini oshirib borayotgan yosh mutaxassislar faoliyat olib borishmoqda.

Metrologiya laboratoriyasi - namunali o’lchov birliklarini uzatish uchun barcha zarur kalibrlash uskunalariga ega va ularning doimiy nazorati ta’minlangan. Laboratoriya malakasi uchun berilgan sertifikatiga muvofiq vakolat doirasiga kiruvchi - issiqlik, texnika, elektrotexnika, mexanika, fizik-kimyoviy, og’irlik, bosim, geometriya, xajm o’lchov asboblarini kalibrlash ishlari va muddatli davlat qiyoslovini amalga oshirib kelmoqda.
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida “Olmaliq KMK” AJ asosiy yo’nalishlaridan biri mahsulot tannarxini tushirgan holda ko’proq foyda olishga yo’naltirilgan bo’lib, bunda o’lchov vositalarining ahamiyati muhimdir. Laboratoriya xodimlari tomonidan o’lchov vositalari nazorati ham olib boriladi. Metrologiya xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar faqatgina o’lchovlar birligini ta’minlash bo’libgina qolmay, balki mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi barcha bosqichlarida texnologik jarayonlarni boshqarish, mehnatni muhofaza qilish hamda ishchilar sog’ligini saqlash bilan ham  bog’liqligini ta’kidlash joiz.

Hozirgi kunda kombinatda 35 mingga yaqin o’lchash asboblari joriy etilgan va, yana bir necha mingtasini o’rnatish, ishga tushirish bosqichidamiz. Har yili kombinat bo’linmalarida o’lchash vositalarini ish holatida saqlash bo’yicha choralar ko’rilmoqda. Xususan, 5 mingdan ortig’i davlat qiyoslovi, 30 mingtasi kalibrlash va 5000dan ortiq o’lchash vositalari ta’mirlash jarayonidan o’tadi.

Metrologiya laboratoriyasi boshlig’i muovini Tatyana Fattaxova, metrologiya bo’yicha yetakchi muhandislar Doston Turdiyev, Tamila Ismoilova, elektrotexnik o’lchov vositalarini ta’mirlash guruhi boshlig’i(METL) Vadim Gondarenko, metrologiya bo’yicha muhandislar Allayor Sherniyazov, Muzaffar Sadriddinov, SHahodat Abdukarimova, texnik metrologlar Gulnara Gordeyeva, Lilya Seytasanova, Javlon G’aniyev kabi fidoyi hamkasblarimizning xizmatlari evaziga bugun issiqlik, texnika, elektrotexnika, mexanika, fizik-kimyoviy, og’irlik, bosim, geometriya, xajm o’lchov asboblarini kalibrlash ishlari va muddatli davlat qiyoslovlari samarali bajarilib kelinmoqda.

Metrologiya xizmati yosh mutaxassislar jamoasi doimiy ravishda o’z bilimlarini oshirib borishmoqda. Va malaka oshirish kurslariga qatnashayapti. So’zimiz isbotini  “O’zstandart” agentligi qoshidagi “Standartlashtirish, sertifikatlash va texnik jihatdan tartibga solish davlat ilmiy-tadqiqot instituti”ning (Standartlar instituti) sertifikatlari mavjudligi ham tasdiqlaydi.

2020 yildagi mavzu: “Butunjahon savdolari uchun o’lchashlar” etib qabul qilindi. Mavzu yirik savdolarni amalga oshirishni ta’minlash davomida mahsulotlarni standartlar va qoidalarga mosligi, shuningdek iste’molchilarni mahsulot sifatiga bo’lgan talabini qoniqtirish maqsadida belgilandi.

Metrologiya sohasidagi aniq o’lchashlar ehtiyojingizga kerak bo’lgan mahsulot va xizmatlar ishonchliligi va xavfsizligini kafolatlaydi.

2020 yil metrologiya kuni shiori bo’lmish “Global savdoda o’lchovlar” yana bir bor xalqaro savdoda metrologiyaning ahamiyati muhimligini ta’kidlaydi.

“Olmaliq KMK” AJ Metrologiya xizmati jamoasi kombinatning turli sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha hamkasblarini 20 may - Butunjahon metrologiya kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, ularga yangi kasbiy yutuqlar, baxt va farovonlik tilaydi!

Sarvar ERGASHOV,

“Olmaliq KMK” AJ bosh metrologi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech