http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ishchi-xodimlar uchun qulay mehnat sharoiti

on .

Har qanday mehnat jamoasida ishchi uchun yaratilgan qulay sharoitlari ish unumdorligini oshishiga xizmat qilishi ayni haqiqat. To’g’rida barcha shart-sharoitlar yaratilgan ish joyida mehnat qilayotgan har qanday ishchi o’z ishidan zavq olib, samaradorlikka ham erishishi tayin.  Bu borada Mis boyitish fabrikasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

MBF direktori Ravshan Siddiqovning tashabbusi bilan 2019 yil dekabr oyida 2-sonli ayollar yuvinish xonasi mukammal ta’mirlangan bo’lsa kuni kecha 1-sonli ayollar yuvinish xonasi foydalanishga topshirildi.

MBF direktorining umumiy masalalar bo’yicha o’rinbosari To’lqin Hayitovning ma’lum qilishicha, yuvinish xonasida mukammal ta’mir ishlari  2020 yil yanvar oyida boshlangan. Fabrikada ishlayotgan xotin-qizlarga qulay mehnat sharoiti yaratish maqsadida mukammal ta’mirlangan yuvinish xonasida bir qator ishlar bajarilgan. Jumladan, yuvinish xonasi pol qismi hamda devorlariga to’lig’icha kafel qoplandi. Issiq va sovuq suv hamda yoritish tizimi yangilandi. Xona kiyim ilgich jihozlari, zamonaviy oynavand dush kabinalari va metall shkaflari  bilan ta’minlanib, shiftlar zamonaviy qoplamalar bilan qoplandi. Bir vaqtning o’zida 40 nafar ishchiga xizmat ko’rsatadigan yuvinish xonasida quritish xonasi ham mavjud.

Bundan tashqari, hozirda 3-sonli ayollar yuvinish xonasida ham mukammal ta’mir ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu yuvinish xonasi esa amaldagi yilning sentyabr oyiga foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilmoqda.

Shuningdek, fabrikada mehnat qilayotgan ayol muhandis-texnik xodimlar uchun ham alohida yuvinish xonasi qurib berilgan. Erkak muhandis texnik xodimlarga mo’ljallangan  yuvinish xonasida ham ta’mir ishlari olib borilmoqda.

Ishchilar uchun yaratilayotgan bunday ishlar to’xtab qolmaydi. Fabrikaning har bir tsexidagi mavjud yuvinish xonalari bosqichma-bosqich mukammal ta’mirlab borilishi rejalashtirilgan.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech