http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Fabrika hududiga kirgan odamni bahri dili ochiladi

on .

Bu yil Mis boyitish fabrikasida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Xususan, fabrika direktori Ravshan Siddiqovning tashabbusi bilan o’lchami 6x21 m bo’lgan issiqxona barpo etildi. Ushbu issiqxonada 12 ming tupdan shafran, rayhon, petunya  kabi gul ko’chatlarini o’tqazdik. Ushbu gul ko’chatlari fabrika sex va uchastkalari hamda hududlariga ekildi.  Hozir bo’shagan issiqxonaga yana gul urug’larini sepib qo’ydik. Ushu gullar sentyabr oyiga tayyor bo’ladi. Tayyor bo’lgan gul ko’chatlarini ehtiyojimizdan tashqari otaliqqa olgan 39-MTT va 20-IDUMlarga ham yetkazib berishni rejalashtirganmiz.

Bundan tashqari, bu yil hududimizga hamda sex va uchastkalar hududiga jami bo’lib, 2826 tup ildar qarag’ayi, archa, kitobli tuya(knijnaya tuya), kashtan kabi manzarali daraxtlar ekildi.  Hozirda ekilgan daraxtlarning barchasini tomiriga kerakli mineral o’g’itlar berilib, ikkinchi marotaba esa bargidan beriladi. Bu yosh nihollarning ekilgan joyiga moslashib ketishiga omil bo’ladi. Fabrika hududidan 2 gektar maydonga kanada grini navli maysa ham ekilib, ushbu maysalar har hafta o’rib chiqiladi.  Har bir ishchi fabrika hududiga kirib kelganda  manzarani ko’rib bahri dili ochiladi.

Ushbu maysalarni sug’orish uchun ayni paytda sug’orish tizimidagi 2000 dona purkagichlar almashtirildi.  Ekilgan daraxt ko’chatlarining maromida ko’karishi uchun direktorimizning tavsiyalariga ko’ra, ularning tagiga bug’doy ekib chiqildi. Bu daraxt tagida namlikni yetarli darajada saqlaydi va o’z vaqtida sug’orishni ta’minlaydi.

Kelgusida yana bitta issiqxona barpo etish niyatimiz bor. Ushbu issiqxonada sitrus mevalar ekishni rejalashtirayapmiz.

To’lqin Hayitov,

MBF direktorining umumiy masalalar bo’yicha o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech