http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Investitsion loyihalar yo’lida

on .

Prezidentning 15 may 2020 yildagi “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4715-son qarori qabul qilindi.

Hujjatda belgilanishicha, "Yoshlik I" konini oʻzlashtirish" orqali "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish ko’zda tutilgan.

Invistitsion loyihasi dasturida 3-son Mis boyitish fabrikasini, fabrikada ma’danlarni boyitish jarayonida hosil bo’ladigan qoldiqlarni saqlash ob’ektini, Uning infratuzilma va sanitar zonalarini (keying o’rinlarda – qoldiqlarni saqlash ob’ekti), shuningdek, 3-MBF suv va tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini (keying o’rinlarda – infratuzilma ob’ektlari) qurish nazarda tutilganligi.

3-MBF, qoldiqlarni saqlash ob’ekti va infratuzilma ob’ektlarini qurish uchun Toshkent viloyatida umumiy maydoni 3 768,8 gektarga teng hudud zarurligi aniqlangan bo’lib, shundan 1 616 gektari Toshkent viloyati hokimligining va 25 gektari Piskent tumani hokimligining tegishli qarorlari bilan ajratish belgilangan.

Qoldiqlarni saqlash ob’ektini qurish uchun Piskent tumanida umumiy maydoni 1 415,8 gektar hamda infratuzilma ob’yektlarini qurish uchun Piskent va Ohangaron tumanlarida umumiy maydoni 712 gektarga teng hudud ajratish talab qilinadi.

 OKMK mablagʻlari hisobidan quyidagilarning oʻrni qoplanadi:

  • yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlarini, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni;
  • yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlarini baholash хarajatlari;
  • yer uchastkalarining olinishi natijasida turar joylari buzilishi nazarda tutilgan jismoniy shaхslarning yangi qurilayotgan yakka tartibdagi turarjoy va boshqa inshootlarini tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash х

OKMK investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq хoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanishga olinadigan sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish, shuningdek, lalmi yerlar, pichanzorlar, yaylovlar holatini tubdan yaхshilash uchun talab etiladigan kompensatsiya toʻlovlaridan ozod qilindi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech