http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“Mehnat faxriysi” faxriy unvoni taqdim etildi

on .

“Olmaliq KMK” AJ jamoa shartnomasining 6.6. bandi, VI bo’limiga hamda “Olmaliq KMK AJning “Mehnat faxriysi” faxriy unvonini berish to’g’risida”gi Nizomga asosan ushbu faxriy unvon kombinat korxonalarida uzluksiz va kamchiliklarga yo’l qo’ymagan holda 25 yil ishlagan erkaklarga va 20 ishlagan ayollarga taqdim etilishi belgilangan.

Bugun Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi tarkibidagi bo’limlarda ko’p yillar davomida mehnat qilgan 12 nafar ishchi-xodimga “Mehnat faxriysi” faxriy  unvoni tantanali ravishda topshirildi. Karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etilgan taqdirlash tadbirida IOB boshlig’i Elyor Akbarov ko’p yillar davomida mehnat qilgan ishchilarni samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Elena Turabekova,

IOB kadrlar bo’limi boshlig’i

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech