http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Bugungi tayyorgarlik – talofatlarsiz mavsumga zamin hozirlaydi

on .

“Olmaliq KMK” AJ tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yordamchi korxonalaridan biri Issiqlik elektr markazi ishlab chiqarish texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi.

O’tgan yili 60 yilligini nishonlagan IEM mehnat jamoasi yuklatilgan vazifani yorug’ yuz bilan ado etmoqda. Jumladan, 2020 yil yanvar-aprel holatiga ko’ra, 93,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bashorat bo’yicha 80,5 mln kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilish belgilangan edi. Markazning asosiy ishlab chiqarayotgan mahsulotlaridan biri bug’ning iste’molchilarga jo’natish ko’rsatkichi 435836 Gkalni tashkil etgan.

Kombinatda joriy etilgan tejamkorlik siyosati bo’yicha IEMda salmoqli natijalar qayd etilayapti. O’tgan 4 oy mobaynida IEMda 4540 ming m3 tabiiy gaz iqtisodiga erishilgan.

Markazning asosiy sexlaridan biri qozon-turbina sexi hisoblanib, ayni paytda ushbu sexda tasdiqlangan profilaktika rejaviy ta’mir bo’yicha mavjud quvvati 12 megavattli PT-12-3,4/1,0-1 turbinasi  hamda 2 dona PR-12-34-10/01 turbinalari ta’miri rejalashtirlgan. Aprel oyida 1 dona PR-12-34-10/01 turbinasi mukammal ta’mirdan chiqarildi. Hozirda ikkinchi turbinani ta’mirlash jarayoniga tayyorgarlik ketmoqda. Sex boshlig’i Rahim Qo’chqorovning ma’lum qilishicha, shuningdek, K-6 suv isitish qozoni ham deyarli mukammal ta’mirlangan bo’lib, faqat izolyatsiya ishlari qolgan. №5-sonli bug’ qozonida ham ta’mir ishlari olib borilmoqda. Ayni damda soatiga 75 tonna bug’ ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan mazkur pechning suv ekonomayzeri quvurlari almashtirilmoqda.

Sexning ta’mir brigadasi tomonidan ta’mirlanishi belgilangan bug’ va suv isitish qozonlarining berkituvchi(zapornoy) armaturalari, zadvijka va ventillari tekshirilib, shundan so’ng, ta’mirga qo’yiladi.

Bundan tashqari, nasos parkidagi tarmoq nasoslari, issiqlik tizimi nasoslari, qaytgan suvni tortuvchi nasoslar, boyler kondensator nasoslari, ishlanmagan suv nasoslarini ham ta’mirlash ko’zda tutilgan. Ayni paytda 30% nasoslar ta’mirlanib, ularning ishchi halqalari, podshipniklari almashtiriladi. Har bir uskunaning detallari markazning mexanika sexida ta’mirlanayotganini aloihda ta’kidlash joiz.

Ta’mir ishlarini yuqori sifatda bajarilishida chilangar ta’mirchilar Xayrulla Haydarov, Bunyod Abdurahmonov, O’ktam Qarshiboyev, Abdulla Nabiyev, Aleksandr Polyakov, elektr-gaz payvandchi Oybek Abdurahmonovlarning ko’p yillik ish tajribalari qo’l kelmoqda.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, pirovardida isitish mavsumini betalofat o’tkazish. IEM jamoasi hozirda ana shunday maqsadni oldiga qo’yishgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech