A- A A+

Yangiliklar

Rossiyalik delegatlar Olmaliqda

on .

Bugun, 17 sentyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurgan O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, RF TIB (“VEB RF”) davlat korporatsion taraqqiyot raisi Shuvalov Igor Ivanovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va “SFI Management Group” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Qobil Shodiyevlar kutib olishdi.

Shundan so’ng, Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi “Yoshlik I” konini o’zlashtirish loyihasi va mutaxassislar tomonidan bajarib kelinayotgan vazifalarni ko’zdan kechirdilar.

Dastlab, kombinat boshqaruvi raisi A.Xursanov “Yoshlik I” konini o’zlashtirish loyihasi va konda olib borilayotgan ishlar, xususan, mazkur kon quvvatlari hamda ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Rossiyalik mehmonlar ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi, 1-MBFda jadal davom etayotgan “Asosiy quvvatlarni rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish” dasturi doirasidagi vazifalar, Mis eritish zavodidagi affinajlangan oltin va kumush ishlab chiqarish bilan yaqindan tanishdilar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech