A- A A+

Yangiliklar

12 nafar talaba bilan shartnoma imzolandi

on .

Kombinat boshqaruv raisi o’rinbosarining 2020 yil 16 noyabr kunidagi 5159-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 18 noyabr kuni “Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasi, Texnologik transporti boshqarmasi va O’quv markazi mutaxassislari ishtirokida Toshkent davlat transport universitetining ma’muriy binosida mazkur oliygoh va va Toshkent davlat texnika universiteti talabalarini ishga olish bo’yicha tanlov tashkil etildi.

Korxonada yosh kadrlar zahirasini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda mazkur oliygohlarning “Yer usti transporti tizimlari va ularni ekspluatatsiya qilish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha joriy yilda o’qishni tamomlagan bitiruvchilar ishtirok etishdi. Tanlov avvalida ATB bosh muhandisi Aziz Saidqodirov bitiruvchilarga kombinatning transport korxonalari to’g’risida ma’lumot berib o’tdi. 

Shuningdek, ATB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi Jasur Tog’ayev kombinatda yoshlarga qaratilgan e’tibor, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar to’g’risida so’zladi. Tanlov davomida ishtirokchilar e’tiboriga kombinat faoliyati haqidagi videorolik ham namoyish etildi.  

Tanlov yakuniga ko’ra, o’zlashtirish ko’rsatkichlari va bilim salohiyati yuqori bo’lgan 12 nafar bitiruvchilar bilan uch taraflama (Ish beruvchi+OTM+bitiruvchi) shartnomalar imzolandi.

Ulug’bek Igamberdiyev, 

O’quv markazi yetakchi muhandisi 

Olimjon Ahmedov,

ATB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech