A- A A+

Yangiliklar

Avtomobil transport boshqarmasiga yangi avtotexnikalar keltirildi

on .

Yirik sanoat korxonasi bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatida avtotransport tizimi eng asosiy xizmat ko’rsatuvchi bo’g’inlardan biri hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarish jabhasini avtotransport vositalarisiz tassavur etish qiyin. Shuning uchun ham Kombinat tasarrufidagi Avtomobil transporti boshqarmasida so’ngi yillarda eski avto texnikalar yangi, zamonaviy avtotransport vositalariga o’zgartirilmoqda.

Ma’lumki boshqarmaning ayrim avtotexnikalari tog’ jinslarini tashisa ayrimlari esa ishchi-odimlarining ishga kelib ketishi uchun hizmat qiladi. Kuni kecha Kombinat rahbariyati tomonidan boshqarmaning 3-avtokorxonasiga Samarqand viloyatida ishlab chiqarilgan yangi 2ta “ISUZU 51p” rusumli yuk ag’dargich mashinasi olib kelindi. Endilikda ushbu avto texnika Surxondaryo viloyatidagi Xonjiza kon boshqarmasida ish faoliyatini olib boradi.

O’zi ag’dargich yuk mashinasi Bir qator qulayliklarga ega. Masalan, avvalgilari bilan solishtiradigan bo’lsak yoqilg’i sig’imi 200 litrdan 400 litr ko’payganligi, nominal yuk ko’tarish hajmi 17 tonnadan 20 tonnaga oshganligi hamda yuk platformasi, yoritgichlar, avtomobilning old qismidagi o’zgarishlar bilan farq qiladi. Haydovchi uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.

Kombinat kon va korxonalari faoliyatiga kirib borayotgan har tomonlama takomillashgan yangi zamonaviy avtotransport vositalari mehnat unumdorligi va samaradorlikni yanada oshirishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech