A- A A+

Yangiliklar

Mikrokremnezem sementga qo’shimcha sifatida qo’shilishi mumkin

on .

2020 yil 23 noyabr kuni O’zbekiston metallurgiya kombinati AJ ijro apparatida Germaniyaning texnologik chiqindilarni qayta ishlash va briketlash uskunalari ishlab chiqaruvchi KÖPPERN kompaniyasi direktori Artur Xubert boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar mazkur kombinat va “Bekobodsement” AJ mutaxassislari bilan ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexida ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiqadigan texnologik chiqindilar (mikrokremnezem)ni qayta ishlash yuzasidan muzokara olib bordilar.

Ushbu uchrashuvda, “Olmaliq” KMK AJ Jizzaxsement zavodi mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Zavod direktori Ismatulla Abdullayevning ma’lum qilishicha, muzokaralarda kompaniya tomonidan  chiqindilarni qayta ishlash va briketlash uskunalarining taqdimoti o’tkazilgan.

Muzokara natijasiga ko’ra KÖPPERN kompaniyasiga mikrokremnezem mahsulotidan tahlil uchun namunalar taqdim etilib, kelgusida briketlangan mikrokremnezem mahsuloti ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlikka kelishib olingan.

Zavod direktorining ta’kidlashicha, texnologik chiqindilar (mikrokremnezem)ni sement ishlab chiqarishda qo’shimcha sifatida ishlatish mumkin. Faqat qaysi holatda qo’llash mumkinligi o’rganib chiqiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech