A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Online himoya

on .

Mis boyitish fabrikasi direktorining ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosari To’raqulov Jahongir Hasanovich O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi "Boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash" fakultetining 10 oylik qayta tayyorlov kursini tamomlab, "Tog’-kon metallurgiya ishlab chiqarish sohasida xarajatlarni optimallashtirish yo’llari "Olmaliq KMK" AJ Mis boyitish fabrikasi misolida" mavzusidagi bitiruv malakali ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Yurtimizda joriy qilingan karantin qoidalarini buzmaslik maqsadida himoya jarayoni «Zoom»  dasturida masofiviy tashkil qilingan bo’lib, Jahongir To’raqulov ham mavzuni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o’z ish xonasida himoya qildi.

Jahongir To’raqulov akademiya bitiruvchisi sifatida bugungi kunda yosh rahbar kadrlarga yaratib berilayotgan bunday shart sharoitlar va imkoniyatlar uchun "Olmaliq KMK" AJ rahbariyatiga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.

Jahongir To’raqulov 30 iyun "O’zbekiston yoshlari kuni" bilan barcha yoshlarni tabriklab, kombinatimiz yoshlariga murojaat qildi, ayni vaqtda kombinatimiz tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy, iqtisodiy va yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga, ushbu sharoitlarga shukronalik ko’zi bilan boqib, unga o’z javoblarini o’z ustilarida muntazam ishlashlari, zamon bilan hamnafas bo’lgan, XXI asr talablariga javob beradigan mutaxassis kadrlar bo’lib yetishishlari orqali qaytarishga chaqirdi va buning uchun kombinatimiz biz yoshlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganligini ta’kidlab o’tdi.

Ulug’bek Alimov,

MBF direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech