A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Ustozni yo’qlab

on .

Mamlakatimizda 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan o’tkazilyotgan Yoshlar oyligi doirasida Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan bir guruh faol qo’riqchi-yoshlar faxriy-ustoz hamkasblari xonadonlarida bo’lishdi.

IHQX tizimida bir necha yillar faol mehnat qilib, hozirda nafaqada bo’lgan Eshboy Hamrayev shogirdlari tashrifidan ko’ksi quvonchga to’lib, ularni bir piyola choy ustida suhbatga chorladi. Ustoz mehnat faoliyati davomida to’plagan tajribalarini yoshlar bilan bo’lishar ekan, inson halol mehnat evazigagina o’z maqsadiga erishishi mumkinligini, o’z kasbiga sodiq bo’lish lozimligini yoshlarga uqtirdi. Eshboy ota suhbat so’nggida shogirdlarini Yoshlar kuni bilan muborakbod etib, ularni duo qildi. Yoshlar esa ustozlariga milliy to’n va do’ppi hadya etdilar.

Inomjon MATMUSAYEV,

IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech