A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Yosh tafakkur sohiblari aniqlandi

on .

Joriy yilning 23 sentyabr kuni "Olmaliq KMK" AJ O’quv markazi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida yo’lga qo’yilgan yangi loyiha – "Tafakkur sohiblari" intellektual o’yinining navbatdagi soni bo’lib o’tdi.

O’tkazilgan intellektual o’yinda O’quv markazi va kombinat tarkibiy bo’linmalari yoshlar yetakchilari hamda yosh kitobxonlardan iborat 30ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir markaziga ATB, MTL, IOBdan tashrif buyurgan 4 nafar eng faol yosh kitobxonlar ishtirokchi sifatida tanlab olinib, Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" asari ustida tafakkur bahsi o’tkazildi. Tadbir ishtirokchilarini baholab borgan hay’at a’zolari tomonidan 4-o’ringa Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi xodimi Mohinur Abdurahmonova, 3-o’ringa Markaziy tahlil laboratoriyasidan Sarvinoz To’raqulova, 2-o’ringa Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi xodimi Muxlisa G’oziyeva, mutlaq g’olib sifatida faxrli 1-o’ringa Avtomobil transporti boshqarmasi xodimi Sirojiddin Saylovdinov loyiq deb topildi.

Tadbir so’ngida g’olib ishtirokchilarga “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan kitoblar sotib olish uchun to’rtinchi va uchinchi o’ringa 50ming so’mlik, ikkinchi o’ringa 100ming so’mlik va birinchi o’ringa 150ming so’mlik kuponlar tuhfa etildi.

Shundan so’ng “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqining faol yoshlari va O’quv markazi xodimlari Toshkent shahrida barpo etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurib, atoqli adiblarimizning ibratli hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar.

Eslatib o’tamiz, "Tafakkur sohiblari" intellektual o’yinining navbatdagi sonida Abdulla Qahhorning "Dumli odamlar" hikoyasi ustida tafakkur bahsi o’tkaziladi. Ushbu loyihada  ishtirok etish istagida bo’lgan Olmaliq shahri va kombinatimizdagi kitobsevar do’stlarimiz @ixtiyordosov elektron manziliga murojaat qilishlari mumkin.

OKMK O’quv markazi, Yoshlar ittifoqi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech