Yoshlarga zarur maslahat va tavsiyalar berildi
OKMK Kovuldi koni, Portlovchi materiallar zavodi, Ohak zavodi Yoshlar ittifoqi hamkorligida yosh ishchi-xodimlar uchun "Oilaviy ajrimlarga va Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda Olmaliq shahar FHDYo bo’limi mudirasi Saodat Mirzairova o’tgan 9 oyda ro’yxatga olingan oilaviy ajrimlar statistikasi haqida ma’lumot berib, kombinatda ishlayotgan ishchi-xodimlar bilan bog’liq ajrimlar soniga ham to’xtalib o’tdi.
Tadbir mehmonlari oilaviy ajrimlarni oldini olish uchun yoshlar e’tibor berishlari lozim bo’lgan nozik masalalar, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlariga oid eng zaruriy maslahat va o’gitlarni berib o’tdi.
Javlonbek Odinayev,
Kovuldi koni direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi