A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Laboratoriya jamoasi faxrli o’rin sohibi

on .

18 oktyabr kuni “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan yugurish bo’yicha OKMK spartakiadasi tashkil etildi.

Unda kombinat Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etishib, o’zlarining epchil va chaqqonliklarini ko’rsatishdi. Murosasiz kurashlarga boy bo’lgan musobaqada Adham Qayumov, Zulxumor Jo’rayeva, Otabek Abdiyev hamda Iroda Tangirovalardan tarkib topgan laboratoriya jamoasi faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. G’oliblar OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan qimmatbaho sovhalar bilan taqdirlandilar.

Sardor XOLBOYEV,

YaTML kasaba uyushmasi qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech