Yoshlar bilan davra suhbati
Kuni kecha Angren hududida joylashgan korxonalar Angren kon boshqarmasi, Angren quvur zavodi va Shaxta qurilish boshqramasi yosh ishchi-xodimlari uchun oilada ajrim holatlarini hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida Angren kon boshqarmasi direktorining xavfsizlik bo’yicha o’rinbosari D.S.Bekturobov, Angren FXDYo bo’limi mudirasi D.Sh.Bekmatova , "Obliq qo’rgoni" jome masjidi imom xatibi X.A.Sharofxujayev ishtirok etib, mavzu yuzasidan maruzalar qilishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o’zlarining qiziktirgan savollariga to’liq javob oldilar.
Axborot xizmati