A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Ona tilim – jon tilim

on .

OKMK Avtomobil transporti boshqarmasi yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan 27 oktyabr kuni davra suhbati tashkil etildi.

O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda OKMK bosh muhandisining ilm-fan bo’yicha o’rinbosari  Abdurashid Hasanov, filologiya fanlari doktori, professor Tursunali Mirzaqulovlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida o’zbek tili tarixi, milliy tilimizning qadr-qimmati, uning qanchalik yuksakligi, o’zbek tilimiz ota-bobolarimizdan qolgan eng oliy merosligi va hozirgi kunda o’zbek tili maqomini yanada oshirish uchun hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida so’z yuritildi.

Tadbirda  taniqli olim, Abdurashid  Hasanov o’zining sara asarlaridan tashkil topgan bir nechta kitoblarini boshqarmamiz kutubxonasiga taqdim etdi.

Jasur Tog’ayev,

ATB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech