A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Qobilbek – eng yaxshi laborant

on .

OKMK Xonjiza kon boshqarmasi yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo’mitasi hamkorligida “Eng yaxshi laborant” kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda Kimyoviy tahlil laboratoryasining 30 yoshgacha bo’lgan laborantlari o’z kasblaridan kelib chiqqan holda savollarga javob berishdi hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Tanlovning keyingi shartida esa tahlillarni titrlash usuli orqali aniqlashdi.

Tanlovda spektrial tahlil laboranti Qobilbek Yo’ldoshev, eng yaxshi laborant, deya e’tirof etildi. Ikkinchi o’rin esa kimyoviy tahlil laboranti Jasurbek Abdusamatovga nasib etdi. Uchinchi o’ringa kimyoviy tahlil laboranti Dildora Nurullayeva loyiq ko’rildi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Dilmurod Qosimov,

Xonjiza KB direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech