A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Yaxshi farzand rahmat keltirar

on .

Yaxshi, solih farzand – ota-onaning baxt-iqboli, ikki dunyo saodatiga yetkazuvchi dilbandi. Haq gap. OKMK Kovuldi konida mehnat qilayotgan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’limi muhandisi Djamal Davlyatov ana shunday ota-onasiga rahmat keltirayotgan farzandlardan.

Kombinatda ishlab chiqarish, ma’naviy-marifiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, namunali xulqi bilan hamkasb va tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan Djamalning onasi Zulfiya Davlyatovaga OKMK rahbariyati, Yoshlar ittifoqi hamda Kovuldi koni rahbariyati tomonidan shunday farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganligi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida TASHAKKURNOMA tuhfa etildi.

O’ylaymizki, farzandining orqasidan yaxshi so’zlar va minnatdorchilik eshitish har bir ota-onaning orzusi bo’lsa kerak.

Javlonbek Odinayev,

Kovuldi koni direktori yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech